Klinika yaratish va sozlash
Klinika — Clary'dagi asosiy "ijara birligi" (tenant). Har bir klinikaning ma'lumotlari boshqalardan to'liq ajratilgan (Postgres RLS izolyatsiyasi).
Asosiy ma'lumotlar
- Nom va slug — slug bemor havolalarida ishlatiladi
- Brending — logotip, asosiy rang (chek va interfeysda)
- Aloqa — manzil, telefon, ish vaqti
Bo'limlar (modullar)
Sozlamalardan kerakli modullarni yoqing: Qabulxona, Kassa, Dorixona, Laboratoriya, Diagnostika, Statsionar, Stomatologiya. Faqat ishlatadiganlaringizni yoqing — interfeys soddaroq bo'ladi.
Soliq va chek
Chek shabloni (klinika nomi, manzil, INN) va termal printer kengligini (58mm/80mm) sozlang. Desktop ilova jim (silent) chop etishni qo'llab-quvvatlaydi.
Filiallar
Bir nechta filial bo'lsa, har biri alohida bo'lim sifatida sozlanadi; analitika ularni birlashtirib ko'rsatadi.