Ko‘p filialli klinika dasturi — 10 tagacha filial bitta markazdan
Clary — ko‘p filialli klinikalar uchun: 1 HQ + 10 tagacha filial, bitta login bilan filiallar orasida o‘tish, tarmoq markazi (jonli tushum, reyting), markaziy katalog va narx, filiallararo dori/pul transferi, umumiy bemor bazasi va har kuni Telegram’ga tarmoq hisoboti.
Clary bilan klinika egasi barcha filiallarni bitta joydan boshqaradi: bugungi tushum, navbat, kassa va seyf har filial bo‘yicha jonli ko‘rinadi, narxlar HQ’dan bir tugma bilan tarqatiladi, dori va pul filiallar orasida hujjatli o‘tadi, bemor kartasi esa tarmoqning istalgan filialida topiladi.
Ko‘p filialli klinika dasturi — bir egaga tegishli bir nechta klinika (filial)ni yagona tizimda boshqaradigan dastur: har filialning ma’lumoti alohida yuritiladi, lekin rahbariyat hammasini bitta ekranda ko‘radi va markazdan boshqaradi.
Nima olasiz
- ✓ Bir bosishda filialga o‘tish — qayta login qilmasdan
- ✓ Tarmoq markazi: har filial tushumi, navbati, kassa va seyfi jonli
- ✓ Filiallar reytingi: tushum, o‘rtacha chek, yangi bemorlar, sof natija
- ✓ Markaziy katalog: xizmat va narxlar HQ’dan bitta tugma bilan (narx qulfi bilan)
- ✓ Filiallararo dori transferi (FEFO) va seyfdan HQ’ga pul o‘tkazmasi
- ✓ Umumiy bemor bazasi, boshqa filialga yo‘llanma va dublikatlarni birlashtirish
- ✓ Rollar: tarmoq egasi, tarmoq admini, hududiy menejer — filial xodimi faqat o‘z filialida
- ✓ Har kuni 23:58 da HQ egasiga butun tarmoq bo‘yicha bitta Telegram hisobot
Ko‘p beriladigan savollar
Nechta filialni ulash mumkin?
Bitta asosiy klinika (HQ) va jami 10 tagacha filial. Mavjud klinikani tarmoqqa ulash yoki noldan yangi filial ochish mumkin — yangi filialga HQ katalogi va sozlamalari avtomatik ko‘chiriladi.
Filial xodimi boshqa filial ma’lumotini ko‘radimi?
Yo‘q. Kassir, shifokor va boshqa xodimlar faqat o‘z filialida ishlaydi. Tarmoq bo‘yicha ko‘rinish faqat tarmoq egasi, admini va hududiy menejerga (tanlangan filiallar) beriladi. Umumiy bemor bazasi yoqilgan bo‘lsa, bemor kartasi barcha filialda topiladi.
Filiallar orasida dori va pul qanday o‘tkaziladi?
Dori: jo‘natuvchi filial muddati yaqin partiyadan boshlab (FEFO) jo‘natadi, qabul qiluvchi “Qabul qilish” bosganda dori uning omboriga prixod bo‘lib kiradi. Pul: filial seyfidan HQ seyfiga o‘tkazma, HQ tasdiqlaydi. Hammasi hujjatli va bekor qilinadigan; foyda/zararga ta’sir qilmaydi.
Obuna har filialga alohidami?
Ikki variant bor: har filial o‘z tarifida yoki tarmoq uchun bitta obuna (HQ tarifi + har filial uchun kelishilgan to‘lov). Tarmoq obunasida filiallar holatini HQ’dan oladi.